POPOV IVAN SEMENOVICH

      Kapitan Popov Ivan Semenovich, 1914-yil 6-martda Ryazan viloyatining Kolibel tumanidagi Buxovoe qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan oliy, 1940-yil Voronej davlat universitetining 3-kursini, 1941-yilda IIXKning Gorkiy shahridagi 3 oylik o‘lkalararo maktabini tamomlagan.

         Xizmatni 1942-yilda Shimoliy-G‘arbiy front tarkibidagi 510-sonli tibbiyot sanitar bataloniga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Shimoliy-G‘arbiy frontning 397-o‘qchilar diviziyasida IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi sifatida boshlagan. 1943-yilda Belorus fronti tarkibidagi jarima rotasi kontrrazvedka ishlari bo‘yicha 397-o‘qchilar diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi lavozimlarida xizmat qilgan. 1943-yilning dekabr oyidan 1944-yilning oktabr oyigacha Belorus fronti tarkibidagi 447-o‘qchilar polki 1-kontrrazvedka ishlari bo‘yicha 397-o‘qchilar Sarnen diviziyasi, “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi va katta operativ xodimi bo‘lgan.

         1944-1945 yillarda 3-Ukraina fronti tarkibidagi 243-alohida axloq tuzatish rotasida kontrrazvedka ishlari bo‘yicha 61-armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi lavozimida xizmat qilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 30 va 40 yil”, “Qurolli Kuchlarga 60 va 70 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 70 YIL” MEDALI