POLVANOV ISAK RUBINOVICH

       Katta leytenant Polvanov Isak Rubinovich, 1925-yil 20-yanvarda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, millati yahudiy, ma’lumoti oliy, 1943-yilda Xarkov artilleriya bilim yurtini (Farg‘ona sh.), 1951-yilda Namangan pedagogika bilim yurtini tamomlagan.

         O‘quv muassasasini tamomlagandan so‘ng 1943-yilning sentabr-noyabr oylarida Markaziy front tarkibidagi 563-qiruvchi tankka qarshi artilleriya polkining o‘q otish vzvodi komandiri bo‘lib xizmat qilgan. Yaralanganligi sababli 1943-yilning noyabr oyidan 1944-yilning yanvar oyi qadar evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘lgan.

          Salomatligini tiklangandan so‘ng 1 va 2-Ukraina frontlari tarkibidagi 202-o‘qchilar diviziyasining 682-o‘qchilar polkida vzvod komandiri lavozimiga tayinlanadi. Qaytadan yaralanganligi sababli 1944-yilning iyul-sentabr oylarida 1800 va 1823-sonli evakuatsiya gospitallarida davolanadi. 1945-yilning may oyiga qadar 1, 2 va 3-Ukraina frontlari tarkibidagi 202-o‘qchilar diviziyasining 682-o‘qchilar polkida vzvod komandiri lavozimida xizmat o‘tagan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI