POLUSHKIN IVAN IVANOVICH

         Kapitan Polushkin Ivan Ivanovich, 1918-yil 19-yanvarda Gorkiy viloyatining Lukoyanovsk tumani Kudeyarovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1934-yilda Lukoyanov tumanidagi o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

        1941-yilning iyul oyida IIXK harbiy-siyosiy bilim yurti kursanti bo‘lgan vaqtida Leningrad mudofaasida ishtirok etadi. 1941-yilning dekabr oyida Leningrad fronti tarkibidagi IIXK qo‘shinlari 20-o‘qchilar diviziyasining 9-o‘qchilar polkiga avtomatchilar vzvodi komandiri etib tayinlanadi. 1942-yilning iyun oyidan oktabr oyiga qadar Leningrad fronti tarkibiga 92-o‘qchilar diviziyasi 456-o‘qchilar polkining rota komandiri o‘rinbosari bo‘lgan. 1944-yilning dekabr oyiga qadar Leningrad fronti tarkibidagi 23-armiyaning 92-o‘qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi, 1944-yilning dekabr oyidan 1945-yilning may oyigacha 1-Ukraina fronti tarkibidagi 59-armiya 92-o‘qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining operativ xodimi lavozimlarida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI