POGURETS GRIGORIY NIKITOVICH
Kapitan Pogurets Grigoriy Nikitovich, 1918-yil 16-aprelda Boshqirdiston ASSRning Kugarchin tumanida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1932-yilda o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.
1941-yilda Uzoq Sharq fronti tarkibidagi Vladivostok piyoda askarlar bilim yurtini tamomlagandan so‘ng 25-armiyaning 261-o‘qchilar brigadasi 1406-o‘qchilar polkiga vzvod komandiri etib tayinlanadi.
1942-yilning mart oyidan 1944-yilning fevral oyigacha Uzoq Sharq fronti tarkibidagi 158-o‘qchilar brigadasining rota komandir o‘rinbosari, 1944-yilda “SMERSH” kontrrazvedka bosh boshqarmasining Xabarovsk maktabi tinglovchisi, 1944-yilning iyun oyidan 1945-yilning avgust oyigacha bo‘lgan davrda 2 va 3-Belorus frontlari tarkibidagi 50-armiyada “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi lavozimlarida xizmat qilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.