PODPORIN IPPOLIT IVANOVICH

            Kapitan Podporin Ippolit Ivanovich, 1920-yil 19-oktabrda Moskva viloyatining Skopinsk tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda o‘rta maktabning 8-sinfini, 1947-yilda DXVning Toshkent kontrrazvedka maktabini tamomlagan.

          Xizmatni 1942-yilning yanvar oyida Janubiy-G‘arbiy front tarkibidagi 38-armiyaning 3-alohida motoo‘qchilar batalonida qizil armiya askari sifatida boshlagan. Yaralangandan so‘ng 1942-yilning avgust oyiga qadar 1685-sonli evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘lgan.

          Sog‘lig‘i tiklangandan keyin 28-zaxiradagi o‘qchilar brigadasining 116-alohida kimyoviy razvedka zaxira rotasiga oddiy askar etib tayinlanadi. 1942-yilning oktabr oyidan 1943-yilning fevral oyiga qadar kasalligi tufayli (Tbilisi sh.) 1436-sonli evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘lgan. 1945-yil yanvarga qadar Krasnodar o‘qchi-minomyotchilar bilim yurtining kursanti bo‘lgan.

           Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI