POCHEUMAROV SANGIN
gvardiya kichik serjant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (05.15.1946)
1924-yil 16-yanvarda Tojikistonning Nauskiy tumanidagi Oqtepa qishlog’ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. Boshlang‘ich ta’lim olgan. Kolxozda ishlagan. 1942-yildan Qizil Armiyada. 1942-yil avgustdan Ikkinchi Jahon urushi frontida.
1944 yil 18-iyulda 16-gvardiya otliq polkining (4-gvardiya otliq diviziyasi, 2-gvardiya otliq korpusi, 1-Belorussiya fronti) minomyot yo’naltiruvchisi gvardiya oddiy askari Pocheumarov Lositse (Polsha) qishlog‘i yaqinida otliq guruh tarkibida dushmaning chekinayatgan mexanizatsiyalashgan kolonnasi bilan jangga kiradi. Jangda minomyot bilan dushmanning 1 ta zirhli transport vositasini, o‘ziyurar orudiyasini va 10 dan ortiq fashistlarni yo‘q qiladi.
1944-yil 16-sentabrda III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 23-yanvarda kichik serjant Pocheumarov, Bidgosh shahri uchun bo‘lgan jangda (Polsha) aniq mo’ljal bilan 10 nafardan ortiq duiman askarini qirib tashlaydi va 2 ta pulemyot nuqtasini yakson qiladi.
1945-yil 23-martda II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 25-aprelda Berlin shahri uchun olib borilgan janglarda Pocheumarov 10 dan ortiq dushman askarlarini asir oladi va uyga joylashib olib, sovet o‘qchilarining yo‘lini to‘sib qoygan dushmanning fauschilari va snayperlarini yakson qiladi va zirhli transport vositasini yakson qilishga yordam beradi.
1946-yil 15-mayda I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1947-yilda zahiraga bo‘shatilgan. Dzerjinskiy nomidagi (Toshkent viloyatining Bekobod tumani) kolxozda yashagan. Xisobchi bo‘lib ishlagan.
1973-yil 26-aprelda vafot etgan.