PETROVA (VODYANITSKAYA) NINA TIMOFEYEVNA

       Kichik leytenenat Petrova (Vodyanitskaya) Nina Timofeyevna, 1919-yil 1-mayda Oltoy o‘lkasining Zavyalov rayoni Gilev Log qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1934-yilda Qizil O‘rda ishchilar fakultetini tamomlagan.

     1941-yilning iyun oyidan 1942-yilning mart oyigacha bo‘lgan davrda Janubiy-G‘arbiy front tarkibidagi 27-bazalashtirilgan aviatsiya rayonida ish yuritish bo‘limi mudiri sifatida xizmat qilgan. 1942-yilning mart oyida Janubiy front tarkibidagi 4-zaxiradagi aviatsiya guruhida ish yuritish mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. 1942-yilning iyun oyidan 1943-yilning oktabr oyiga qadar Janubiy front tarkibidagi 270-aviatsiya-bombardimonchi diviziyaning ish yuritish mudiri, 1945-yilning dekabr oyigacha 7-hujumchi aviatsiya korpusida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining ish yuritish mudiri bo‘lgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI