PAXOMOV AFINOGEN VASILYEVICH

       Kapitan Paxomov Afinogen Vasilyevich, 1913-yilning 19-iyulida Ulyanov viloyatining Teregulsk tumani Nazaykino qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1926-yilda o‘rta maktabning 6-sinfini tamomlagan.

          1937-yilda O‘rta Osiyo harbiy okrugi va Turkmaniston SSR IIXK organlarida turli lavozimlarda xizmat faoliyatini olib borgan. 1942-yildan 1945-yilgacha Don va Stalingrad frontlari tarkibidagi 24-armiyaning IIXK maxsus bo‘limi operativ hisob guruhining katta operativ xodimi, undan keyin Voronej fronti tarkibidagi 4-gvardiya armiyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida xizmat o‘tagan.

       1945-yilning 20-yanvar kuni xizmat vazifalarini bajarish paytida jangda xalok bo‘ladi va Maritsa qishlog‘iga (Vengriya) dafn qilinadi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI