PARPIYEV ABDURASHID

gvardiya katta serjanti, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (05.15.1946)

1914 yil 14-yanvarda Qirg‘izistonning Osh viloyati, Karasuy tumani Shar qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. O‘rta ma’lumotli. Osh tumani Molotov nomli kolxozda bosh hisobchi bo‘lib ishlagan.
1941-yilda Toshkentga, artilleriya maktabiga yuborilgan. Tayyorgarlikdan o‘tib uyga qaytadi, xisobchi sifatida ishlashni davom ettiradi.
1942-yil oktabrda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1943-yil fevral oyidan frontda. Ikkinchi Jahon urushida Janubi-G‘arbiy, 3-Ukraina va 1-Belorusiya frontlari tarkibida jangda qatnashgan. 45 millimetrli orudiya hisobi komandiri sifatida jang olib borgan. Shimoliy Donets daryosidan o‘tib, Kovelni ozod qilgan, Visla daryosida dushman mudofaasini yorib o‘tgan, Lodz, Kutno, Lenchitsa, Gnezno, Poznan va Berlin shaharlarini ozod qilish janglarida qatnashgan.
1944-yil 1-fevralda Krasnoye qishlog‘i yaqinida (Nikopol tumani, Dnepropetrovsk viloyati, Ukraina SSR) ochiq pozitsiyadan turib dushmanning 3 ta o‘t ochish nuqtasini va guruhga teng piyodalarini yo‘q qiladi.
1944-yil 6-martdagi buyruq bilan serjant Parpiyev III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
1944-yil 18-iyulda “Matseyuev” temir yo‘l stansiyasi (Volin viloyati Ture tumani) yaqinida dushmanning mudofaasini yorib o‘tishda, dushmanning pushkasini aniqlab, 3 ta o‘q bilan yakson qiladi. Dushmanni olov bilan ta’qib qilib, 2 ta harbiy jihozlari bilan aravani va bir nechta fashistlarni yo‘q qiladi.
1944-yil 6-oktabrdagi buyruq bilan gvardiya katta serjant Parpiyev II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 16-aprelda Zelov (Germaniya) janubi-sharqidagi balandlikni shturm qilishda, artilleriya hisobi 2 ta o‘t ochish nuqtasini, 3 ta pulemyot nuqtasini yakson qiladi. Berlindagi ko‘cha janglarida aniq nishonga olish bilan sim to‘siqlarni portlatib, piyodaga yo‘l ochadi va ko‘plab dushman askarlarni qirib tashlaydi.
1945-yil G‘alabadan so‘ng, zahiraga bo‘shatilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Ulug‘ Vatan urushida nemis bosqinchilari bilan janglarda ko‘rsatgan qahramonligi uchun”, gvardiya serjanti Parpiyev Abdurashid I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
1974-yil 2-noyabrda Qirg‘izistonda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI