ORLOV ALEKSEY KIRILLOVICH

      Katta leytenant Orlov Aleksey Kirillovich, 1907-yil 5-oktyabrda Smolensk viloyatining Gjat tumani Kulikov qishlog‘ida tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta, 1933-yilda Moskva shahridagi kechki o‘rta maktabning 9-sinfini tamomlagan.

         Xizmatni 1939-yilning sentabr oyida Fin fronti tarkibidagi 1-diviziyaning 96-artilleriya polkida bo‘linma komandiri lavozimida boshlagan. 1940-yilning may oyidan 1941-yilning iyul oyigacha bo‘lgan davrda harbiy xizmatdan Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shatilgan. 1941-yilning iyul oyidan 1942-yilning fevral oyigacha Leningrad fronti tarkibidagi 1-eskadronning 100-kavaleriya polkida bo‘linma komandiri bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI