ORESHNIKOV VLADIMIR MIXAYLOVICH

gvardiya starshina, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (31.05.1945)

 

1924-yil 1-sentabrda Qirg‘iziston Respublikasi, Osh viloyati, O‘zgan tumani, Pokrovskoye xozirda Kurshab qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. Stalinobod shahrida (Dushanbe) 7-sinfni va rassomchilik va pedagogika bilim yurtining 2-kursini tamomlagan.
O‘zbekiston SSR Buxoro viloyati Sariq-Asish MTSda hisobchi bo‘lib ishlagan. 1942-yil avgustda Sari-Assish harbiy komisarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Toshkent shahridagi harbiy piyoda bilim yurtida tahsil olgan.
1943-yil fevral oyidan beri Ikkinchi Jahon urushidagi janglarda. 1943-yil yozida Orol shahri yaqinida yaralangan. 1944-yil martda yana yaralanadi. 1944-yil yozida frontga qaytadi va 46-gvardiya o‘qchi diviziyasi 141-gvardiya o‘qchi polkining 45 mm pushka hisobiga tayinkangan (yunaltiruvchi yordamchi, hisoblash komandiri bo‘lgan). 1944-yil 15-avgustda Skaistkalne qishlog‘i yaqinida (Latviya, Bauska shahri sharqida) safdan chiqqan yo‘naltiruvchini almashtirib 2 o‘t ochish nuqtasini va 10 dan ortiq dushman askarlarini yakson qiladi.
45-gvardiya o‘qchi diviziyasining 1944-yil 5-sentabrdagi buyrug‘i bilan katta serjant Oreshnikov Vladimir Mixaylovich III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
1944-yil 16-oktabrda Retinay qishlog‘ida (Latviyaning Prekule shahridan janubi-sharqda) bo‘lgan jangda o‘zining hisobi bilan o‘qchi bo‘linmasining jangovor tartibida bo‘lib, ochiq pozitsiyada turib, dushmanning artilleriya batareyasini, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘t ochib yakson qiladi va dushmanning tirik kuchiga katta zarar etkazadi.
6-gvardiya armiyasining qo‘shinlari buyrug‘i bilan 1944-yil 25-noyabrda katta serjant Oreshnikov Vladimir Mixaylovich II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlanadi.
1944-yil 27-dekabrda Yaunzemi qishlog‘i yaqinida (Latviya Prekule shahrining shimoli-sharqida) to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘t ochib 4 ta o‘t ochish nuqtasini va dushman askarlarining katta guruhini yo‘q qiladi. Yaralanganiga qaramay, hisobni bosqarishni davom etadi.
1945-yilda starshina Oreshnikov zaxiraga bo‘shatiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Ulug‘ Vatan urushida nemis bosqinchilari bilan janglarda ko‘rsatgan qahramonligi uchun”, gvardiya katta serjant Oreshnikov Vladimir Mixaylovich I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
Vladivostok shahrida yashagan. 2008-yil 18-yanvarda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENI