ONKES SERGEY LVOVICH

     

        Mayor Onkes Sergey Lvovich, 1910-yil 10-iyulda Turkmaniston SSRning Ashxobod shahrida tug‘ilgan, millati yahudiy, ma’lumoti o‘rta, 1932-yilda Toshkent shahridagi Qurilish institutini tamomlagan.

        1937-yilning dekabr oyidan 1942-yilning yanvar oyigacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyo harbiy okrugi IIXK maxsus bo‘limida xizmatni o‘tagan. 1944-yilning yanvar oyigacha Xarkov harbiy okrugi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining
2-bo‘linmasida katta operativ xodim, 1944-yilning yanvar oyidan 1945-yil may oyiga qadar Ukraina fronti tarkibidagi 9-alohida ishg‘olchi bataloniga xizmat ko‘rsatuvchi 46-armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi katta operativ xodimi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI