OLXOVIK BORIS NIKOLAYEVICH

        Mayor Olxovik Boris Nikolayevich, 1920-yil 28-aprelda Omsk shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1940-yilda Omsk viloyatidagi o‘rta maktabni tamomlagan.

         1941-yilning dekabr oyida Omsk harbiy-piyodalar bilim yurtini tamomlagach Shimoliy-G‘arbiy front tarkibidagi
180-o‘qchilar diviziyasining 30-alohida chang‘ichilar batalonida minomyotchilar vzvodi komandiri lavozimiga tayinlanadi. 1942-yilning yanvar oyida yaralanib, 1254-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi. Sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng Stalingrad fronti tarkibidagi 308-Sibir o‘qchilar diviziyasining 347-o‘qchilar polkiga minomyotchilar vzvodi komandiri etib tayinlanadi. 1942-yilning sentabr oyida qayta jarohatlanib, 3659-sonli evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘ladi. Safga qaytishi bilan 1-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 156-o‘qchilar diviziyasining 361-o‘qchilar polkida minomyotchilar rotasi komandiri, shtab boshlig‘i yordamchisi lavozimlarida xizmat qiladi. 1944-yil oktyabrda og‘ir jarohat olganligi sababli (Moskva sh.) Markaziy ilmiy-tekshirish klinika gospitaliga joylashtiriladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI