OKULOV KIRILL FILIPPOVICH

     

         Kapitan Okulov Kirill Filippovich, 1942-yilning 30-mart kuni Kostroma viloyatining Voxam tumanidagi Simonov qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1930-yilda maktabning 8-sinfini, 1937-yilda Leningrad shahridagi tankchilar texnika bilim yurtini tamomlagan.

          1937-yilning noyabr oyidan 1946-yilning iyul oyigacha Uzoq Sharq fronti tarkibidagi qismlarda, ya’ni Uzoq Sharq harbiy okrugiga qarashli 57-avtorotaning alohida tank batalonida radiotexnik, texnik qism boshlig‘i, komandir yordamchisi, 39-o‘qchilar diviziyasida 87-gaubitsa artilleriya polkida park batareyasi komandiri, 1133-artilleriya polkining harbiy-texnik ta’minoti boshlig‘i, 33-o‘quv artilleriya polkining avtotraktor ishi bo‘yicha o‘qituvchi, 388-artilleriya polki komandiri yordamchisi lavozimlarida xizmat qilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI