OGONYANS ANATOLIY ISAAKOVICH

   

        Katta leytenant Ogonyans Anatoliy Isaakovich, 1921-yil 5-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati arman, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1939-yilda Toshkent shahridagi o‘rta maktabni, 1945-yilda IIXKning o‘lkalararo maktabini tamomlagan.

          Xizmatni 1940-yilda Belorus fronti tarkibidagi 195-alohida motoo‘qchilar razvedkasida motorazvedka komandiri sifatida boshlagan. 1942-yilning avgust oyidan 1943-yilning mart oyigacha bo‘lgan davrda Tambov shahridagi gospitalda davolanishda bo‘lgan. Salomatligi tiklangandan keyin xizmatni davom ettirish uchun O‘zbekiston SSR IIXK “V” bo‘limining “PK” bo‘linmasi 2-toifali nazoratchisi etib tayinlanadi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI