NURMATOV ASHUR

    

        Podpolkovnik Nurmatov Ashur, 1921-yil 20-oktabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1940-yilda o‘rta maktabni, 1961-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

    1942-yilning sentabr-dekabr oylarida 23-havo desanti brigadasi kursanti bo‘lgan. 1942-1943-yillarda 2-parashyutchi o‘qchilar rotasi 6-gvardiya havo desanti brigadasining bo‘linma komandiri lavozimida xizmat qilgan. 1943-yilning oktabr oyidan dekabr oyigacha 1-Ukraina fronti tarkibidagi 399-gaubitsa artilleriya polkining bo‘linma komandiri bo‘lib xizmat qilgan. Jarohat olganligi tufayli 1943-yilning dekabr oyidan 1944-yilning mart oyigacha bo‘lgan davrda 1244-sonli harbiy evakuatsiya gospitalida (Kemerovsk viloyati Leninsk sh.) davolanishda bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 60 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI