NORDMAN EDUARD BOLESLAVOVICH

    

   

        General-leytenant Nordman Eduard Boleslavovich, 1922-yilda Belorussiya SSRning Gomel viloyati Rechitsa shahrida tug‘ilgan, millati belorus, ma’lumoti oliy, 1937-yilda Gomel viloyatinmng Terexovsk tumani Lenino qishlog‘idagi o‘rta maktabni, 1958-yilda Oliy partiya maktabini tamomlagan.

       1941-yildan 1946-yilgacha IIXK qiruvchi batalon o‘qchisi va partizanlar otryadining komsomol ishchisi sifatida xizmat qilgan. Xizmatni 1958-yilning sentabr oyida davlat xavfsizligi organlarida Belorussiya SSR Ministrlar (Vazirlar) Kengashi huzuridagi DXQ 4-boshqarma boshlig‘i lavozimida boshlagan.1960-yilda Belorussiya SSR Ministrlar (Vazirlar) Kengashi huzuridagi DXQ 2-boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 1960-1963 yillarda DXQ Minsk viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan.

       1965-yilgacha Belorussiya SSRning DXQB 2-boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 6-bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan. 1965-1967 yillarda DXQ 1-xizmat 2-Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari. 1968-1974 yillarda DXQ Stavropolsk o‘lkasi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.