NIZAMDINOV YEVGENIY DMITRIYEVICH

    

        Mayor Nizamdinov Yevgeniy Dmitriyevich, 1916-yil 15-may kuni Krasnodar o‘lkasining Kan tumanidagi Kan-Perevoz qishlog‘ida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta-texnik, 1934-yilda Irkutsk moliya texnikumini tamomlagan.

       Xizmatni 1941-yilning iyul oyida Markaziy front tarkibidagi 316-o‘qchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limida tergovchi lavozimida boshlagan. 1942-yilda G‘arbiy front tarkibidagi 44-alohida o‘qchilar brigadasida IIXK maxsus bo‘limi tergovchisi, 1942-yil iyun oyidan 1943-yil iyul oyigacha Shimoliy-G‘arbiy front tarkibidagi 45-alohida o‘qchilar brigadasida IIXK maxsus bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. 1943-1944-yillarda xizmatni Shimoliy-G‘arbiy front tarkibidagi kontrrazvedka boshqarmasining 4-bo‘lim katta tergovchisi lavozimida o‘tagan. 1944-yilning noyabr oyida BXK “SMERSH” KRBB 1-Moskva maktabi qoshidagi tergov xodimlari malakasini oshirish kurslarini tamomlagandan so‘ng, 1945-yilning may oyiga qadar 2-Belorus fronti tarkibidagi 28-zenit-artilleriya diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i lavozimini vaqtincha bajargan

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Moskva mudofaasi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI