NEMIROVSKIY VLADIMIR LEONIDOVICH

    

     

       Mayor Nemirovskiy Vladimir Leonidovich, 1921-yil 11-iyunda Ukraina SSRning Xarkov shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1941-yilda Shimoliy-Osetiya ASSRning Ordjonikidze nomidagi Qizil bayroq ordenli tog‘-o‘qchilari harbiy bilim yurtini tamomlagan.

        1941-yilning sentabr oyida Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 349-o‘qchilar diviziyasining 1169-o‘qchilar polkida rota (batalon) komandiri bo‘lib xizmatni boshlagan. 1942-yilning fevral oyidan mart oyigacha jarohat olganligi sababli 3211-sonli harbiy evakuatsiya gospitalida (Kislovodsk sh.) davolangan. 1942-yilning sentabr-noyabr oylarida Turkiston harbiy okrugida (Qozog‘iston SSR Olmaota sh.) qo‘mondonlik tarkibini takomillashtirish kurslarining tinglovchisi bo‘lgan. O‘qishni tamomlagandan so‘ng (Namangan sh.) Armavir nomidagi harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabining aviaeskadriliya saf qismi bo‘yicha komandir yordamchisi lavozimiga tayinlanadi, 1943-yilning noyabr oyiga qadar xizmatni o‘tagan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Ulug‘ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI