NEIZVESTNIY VIKTOR FEDOROVICH

    

        Leytenant Neizvestniy Viktor Fedorovich, 1925-yil 9-yanvarda Stalingrad viloyatining Nikolaev tumani Nikolaev posyolkasida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1952-yilda Toshkent shahridagi o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

           1942-yilning oktabr oyidan 1943-yilning fevral oyigacha Stalingrad fonti tarkibidagi 62-armiya 91-alohida aloqa polki o‘quv rotasining radiotelegrafist-kursanti bo‘lgan. 1943-yilda 62-Janubiy-G‘arbiy front tarkibidagi 62-armiyaning 91-alohida aloqa polki radiotelegrafisti, 1943-yilning dekabr oyidan 1945-yilning may oyigacha 1-Belorus fronti 8-gvardiya armiyasining 91-alohida aloqa frontining katta radiotelegrafisti lavozimlarida xizmat qilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”,  “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI