NEGMATOV ZIKRILLO

    

        Praporshik Negmatov Zikrillo, 1922-yil 10-noyabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, 1956-yilda Samarqand shahridagi 3-sonli maktabning 10-sinfini tamomlagan.

      1941-yil oktabrda 4-Ukraina fronti tarkibidagi 90-alohida brigadaning maxsus artilleriya diviziyasida bo‘linma komandiri sifatida xizmatni boshlaydi. 1944-yil oktabrdan 1945-yil mayga qadar 1-Belorus fronti tarkibidagi 132-gvardiya artilleriya polkida bo‘linma komandiri bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI