NEDAVNIY IVAN MAKSIMOVICH

    

         Mayor Nedavniy Ivan Maksimovich, 1912-yilda Toshkent viloyatida, tavallud topgan, millati ukrain, ma’lumoti o‘rta, 1937-yilda hisob-iqtisod texnikumini, 1939-yilda IIXKning Toshkent o’lkalararo maktabini 10-sinfini tamomlagan.

         1941-yilning avgust oyida O‘rta Osiyo harbiy okrugining 86-zaxiradagi polkka xizmat ko‘rsatuvchi IIXX maxsus bo‘limida operativ vakil lavozimida xizmat qiladi. 1942-yilnig avgust oyidan 1943-yilning aprel oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi aviatsiya bazasining 43-hududida IIXX maxsus bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va boshliq lavozimini vaqtincha bajaradi. 1943-yilda zaxiradagi o‘qchilar polkida IIXX maxsus bo‘limi boshlig’i, 1943-yilning iyul oyidan 1944-yilga qadar 315-o’qchilar diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limida katta operativ xodim bo‘lgan. 1944-yilning iyul oyidan 1945-yilning iyun oyi davomida 4-Ukraina fronti tarkibidagi Novosibirsk diviziyasining 318-tog‘-o‘qchilari “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI