NAXIMOV YEFRAIM ABRAMOVICH

 

 

        Katta leytenant Naximov Yefraim Abramovich, 1912- yil 2-iyunda Stalingrad viloyatining Astraxan shahrida tug‘ilgan, millati yahudiy, ma’lumoti oliy, 1929-yilda Astraxan o‘rta maktabini, 1935-yilda Ozarbayjon industrial institutini tamomlagan.

        1941-yil avgustda Qrim fronti tarkibidagi 224-o‘qchilar diviziyasining maxsus bo‘limi operativ xodimi bo‘lgan. 1942-yil maydan avgustga qadar Shimoliy Kavkaz fronti tarkibidagi 138-o‘qchilar diviziyasining maxsus bo‘limi operativ xodimi, 1943-yil maydan boshlab, 118-o‘qchilar brigadasi IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi, 1943-yilning may oyidan iyuniga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi IIXK maxsus bo‘limi zaxirasida bo‘lgan. 1943-yil iyunda Frunze nomidagi piyodalar bilim yurtiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi sifatida faoliyat olib boradi. 1945-yil martdan sentabrga qadar “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi katta operativ xodimi bo‘lgan.