NAUMENKO ALEKSANDR STEPANOVICH

 

         Kichik leytenant Naumenko Aleksandr Stepanovich, 1912-yil 3-iyulda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1938-yilda Leningrad boshlang‘ich tarkibini takomillashtirish zirhli tank kurslarini, 1939-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.

        Muhandis-mexanik sifatida Katta Farg‘ona kanali qurilishida ishtirok etgani uchun 1940-yilda “Katta Farg‘ona kanali qurilishi ishtirokchisi” nishoni bilan taqdirlangan. 1941-yil yanvardan 1942-yil martga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarni egallagan (Toshkent sh. 69-o‘qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo‘limi). 1942 -yil martda harakatdagi armiya safiga bo‘shatilgan.

           1942-yil 19-aprelda jangovar vazifalarni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan.