NASEDKIN NIKOLAY IVANOVICH

 

   

       Kapitan Nasedkin Nikolay Ivanovich, 1923-yil 9-avgustda Chkalov viloyatining Buzuluk tumanidagi Elshanka qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 89-sonli o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

     1942-yilning may-dekabr oylarida Kalinin frontida 3-mexanizatsiyalashtirilgan brigadada pulemyotchi sifatida xizmat qiladi. Yaralanganligi sababli 1942-yilning dekabr oyidan 1943-yilning mart oyiga qadar 3317-sonli evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘ladi. Salomatligini tiklangandan so‘ng Shimoliy Kavkaz va 3-Ukraina frontlari tarkibidagi 7-alohida отлиқ аскарлар korpusining 14-diviziya 56-polkiga bo‘linma komandiri etib tayinlanadi. Navbatdagi jarohatdan keyin 1944-yil aprel-dekabr oylarida 27-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi va Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shatiladi. 

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil” “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI