NARZULLAYEV SADIK

 

     Starshina Narzullayev Sadik, 1920-yil 15-fevralda Buxoro shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti boshlang‘ich, Buxoro shahridagi boshlang‘ich maktabning 3- sinfini tugatgan.

          Xizmatni 1941-yil sentabrda Ukraina harbiy okrugiga qarashli 8-tankchilar diviziyasining 8-razvedka batalonida boshlagan. 1942-yil iyulda 1-Boltiqbo‘yi fornti tarkibidagi 130-alohida tankchilar brigadasining tank o‘qlovchisi bo‘lgan. 1942-yilda Voronej fronti tarkibidagi 174-o‘qchilar diviziyasining 628-o‘qchilar polkida bo‘linma komandiri, 1942-yil oktabrdan 2-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 141-gvardiya o‘qchilar polki 46-gvardiya o‘qchilar diviziyasi navodchigi lavozimlarida xizmat qilgan. 1945-yil fevralda yaralanib, davolanish uchun evakuatsiya gospitaliga yuborilgan. Salomatligini tiklaganidan so‘ng Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shatilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi”, “II va III darajali Shon-sharaf” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI SHON-SHARAF” ORDENI

“III DARAJALI SHON-SHARAF” ORDENI

“II DARAJALI SHON-SHARAF” ORDENI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI