NARIMANOV MANNAN ULDANOVICH

 

        Mayor Narimanov Mannan Uldanovich, 1918-yil 23-oktabrda Boshqirdiston ASSRning Kalmash qishlog‘ida tug‘ilgan, ma’lumoti tugallanmagan oliy, 1940-yilda IIXKning Olmaota maktabini tamomlagan.

        O‘quv muassasasini tamomlaganidan so‘ng 1940-yil avgustda Raven viloyatining IIXK Raven tuman bo‘limi operativ xodimi etib tayinlanadi. 1941-yil apreldan 1947-noyabrga qadar IIXK Raven viloyat boshqarmasi Raven tuman bo‘limi 3-bo‘linmasi operativ xodimi lavozimida xizmat qilgan. Xizmatni o‘tash davrida 2 marta yengil yaralangan va 2 marta kontuziya bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI