MYAGKOV STEPAN STEPANOVICH

        Katta leytenant Myagkov Stepan Stepanovich, 1925-yil 3-yanvarda Ryazan viloyatining Semenskiy Pronsk tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1940-yilda o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

       1943-yilning martida harakatdagi armiya safiga chaqirilgan va 1946-yil sentabrga qadar harbiy kotib, Uzoq Sharq harbiy okrugi 15-armiyasining 151-zenit artilleriya polkida 46-alohida zenit artilleriya diviziyasining 1-batareya zenit to‘pi komandiri, keyinchalik komandir o‘rinbosari sifatida Yaponiyaga qarshi Kuril orollarida bo‘lgan janglarda ishtirok etgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI