KENJEGULOV ERJAN

     

 

        Kapitan Kenjegulov Erjan, 1915-yil 15-yanvarda Qozog‘iston SSRning Aqto‘be viloyati Chelkar tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, ma’lumoti o‘rta, 1932-yilda fabrika-zavod shogirdlik maktabini, 1957-yilda Nukus shahridagi kechki o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        1941-yil avgust oyidan 1942-yil avgust oyigacha bo‘lgan davrda ratsiya boshlig‘i, Janubiy harbiy okrug, so‘ng Stalingrad fronti 126-o‘qchilar diviziyasi 550-o‘qchi polkining vzvod komandiri yordamchisi vazifasini bajargan. 1942-yil sentabr oyigacha yaralanganligi sababli 1686-sonli evakuatsiya gospitalida (Saratov viloyati) davolanishda bo‘lgan. Sog‘ayganidan so‘ng 2-Kiev artilleriya bilim yurti qoshidagi komandirlar tayyorlash kurslarining kursanti, 2-Penza minomyotchilar bilim yurti tinglovchisi bo‘lgan. 1943-yil oktabr oyidan 1944-yil sentabr oyigacha 34-zenit artilleriya ofitserlarini tayyorlash polki (Irkutsk sh.) tinglovchisi. 1945-yil may oyiga qadar 2-Boltiqbo‘yi frontining 36-diviziyasi 1385-zenit artilleriya polki vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI