MUXIN GEORGIY IVANOVICH
Mayor Muxin Georgiy Ivanovich, 1923 yil 9 mayda Qozog‘iston SSRning Sharqiy Qozog‘iston viloyatidagi Berezovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.
1941-yil iyuldan 1942-yil mayga qadar 39-o‘qchilar brigadasining 89-zaxira o‘qchilari polki (Olmaota sh.) kursanti bo‘lgan. 1943-yil avgustga qadar harbiy gidrometeorologiya instituti (Leninobod sh.), undan so‘ng Olmaota harbiy piyodalar bilim yurti tinglovchisi bo‘lgan, o‘qishni tamomlaganidan so‘ng 3-Ukraina fronti tarkibidagi 110-gvardiya o‘qchilari diviziyasining 307-gvardiya o‘qchilari polki qizil askari etib tayinlangan. 1943-yil oktabrdan 1944-yil fevralga qadar 3-Ukraina fronti tarkibidagi 37-armiya kichik leytenantlari kursida tahsil oladi. 1944-yilning fevraliga qadar 3-Ukraina frontining MDX kontrrazvedka boshqarmasi 3-bo‘limi operativ xodimi yordamchisi sifatida xizmat qiladi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Belgradni ozod qilgani uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.