MUSTAKIMOV CHINGIZ DAUDOVICH

        Leytenant Mustakimov Chingiz Daudovich, 1911-yil 10-oktyabrda Boshqirdiston ASSRning Ufa shahrida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, 1930-yilda Ufa shahridagi o‘rta maktabni, 1938-yilda Toshkent militsiyasi maktabini tugatgan.

         1942-yil apreldan O‘zbekiston SSR IIXK 1-maxsus bo‘limi operativ xodimi yordamchisi sifatida xizmatni o‘tagan, Kalinin fronti tarkibidagi maxsus bo‘limga safarbar qilingan. 1943-yil apreldan 1945-yil mayga qadar 2, 3 va 4-Ukraina frontlari yo‘nalishida 32-motoo‘qchilar brigadasi va 170-Krivograd 2-o‘qchilar brigadasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili sifatida xizmat qilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI