MUSTAFAYEV NURXODJA   

        Kichik serjant Mustafayev Nurxodja, 1918-yilda Qoraqalpog‘iston ASSRning Qorao‘zak tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1931-yilda o‘rta maktabning 5-sinfini tamomlagan.

        1942-yilning avgust-sentabr oylarida Volxov fronti tarkibidagi 163-o‘qchilar polkining o‘qchisi lavozimida xizmat qiladi. 1943-yilning iyuniga qadar 30-sonli evakuatsiya gospitalida (Ijevsk sh.). davolanishda bo‘lgan. 1943-yilning iyunidan 1944-yilning yanvariga qadar 389-zaxira o‘qchilar polkining 3-rotasida o‘qchi (Yoshkar-Ola sh.), 1944-yilda Leningrad fronti tarkibidagi 86-o‘qchilar diviziyasining 169-o‘qchilar polkida 8-rota o‘qchisi bo‘lgan. 1944-yilning fevral-aprel oylarida yaralangani sababli 1171-sonli evakuatsiya gospitalida (Leningrad sh.) davolanadi. 1945-yilga qadar Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 602-Qizil bayroq ordenli polkning 2-rotasida o‘qchi lavozimida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI