MUMINOV AZIZ

        Kichik leytenant Muminov Aziz, 1924-yil 2-mayda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tavallud topgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Farg‘ona viloyatining Kuybishev tumanidagi 1-sonli o‘rta maktabning 9-sinfini, 1947-yilda Toshkent IIV ofitserlar maktabini tamomlagan.

          1943-yilning aprel oyidan 1944-yilning may oyigacha bo‘lgan davrda Kushka shahridagi Kavaleriya bilim yurti kursanti bo‘lgan. O‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng 2-Belorus fronti tarkibidagi 252-o‘qchilar polkiga guruh komandiri etib tayinlanadi. 1945-yilning aprel oyidan 1946-yilning fevral oyigacha 2-Belorus frontining 70-tank polkida razvedkachi lavozimida xizmat qiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlanga.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI