MUKANOV SALIM RSALDIYEVICH
Podpolkovnik Mukanov Salim Rsaldiyevich, 1924-yil 20-yanvarda Qozog‘iston SSR Ural viloyatining Djanibek tumanida tavallud topgan, millati qozoq, ma’lumoti oliy, 1963-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
1942-yil sentabr oyidan 1943-yil sentabr oyigacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyo harbiy okrugining 3-brigadasi 367-zaxira o‘qchilar polkining polk maktabi kursanti bo‘lgan. 1943-yil sentabr oyidan 1944-yil iyun oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugining kichik leytenantlar kursida (Andijon sh.) tahsil olgan. 1945-yil may oyigacha 1-Belorus va 2-Ukraina frontlari tarkibidagi 21-armiyadagi 125-o‘qchilar diviziyasining 466-o‘qchilar polkida vzvod komandiri lavozimida xizmat qilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 va 60 yil” medallari bilan taqdirlangan.