MOSKALETS KONSTANTIN KIRILLOVICH

        Mayor Moskalets Konstantin Kirillovich, 1915-yil 15-iyunda Ukraina SSRning Poltava viloyatida tavallud topgan, millati ukrain, ma’lumoti oliy, 1938-yilda Turkmaniston qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

    1941-yilning avgust oyida Kavkazorti harbiy okrugi, 1941-yil noyabrdan Kavkazorti frontining 39-aviabazalashtirilgan hududning IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi lavozimida xizmat qilgan. 1942-yilning dekabr oyida Kavkazorti frontining 85-aviabazalashtirilgan hududiga o‘tkaziladi. 1943-yilning iyun oyidan 1 va 2-Ukraina frontlari tarkibidagi 85-aviabazalashtirilgan hudud maxsus bo‘lim operativ xodimi bo‘lgan. 1944-yilning yanvar oyidan 2-Ukraina frontining 5-havo armiyasi 33-aviabazalashtirilgan hududida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi lavozimida harbiy xizmatni o‘tagan. 1944-yil avgustdan 1945-yil maygacha bo‘lgan davrda Polsha va Germaniya hududlaridagi 1-Ukraina frontining 2-havo armiyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining operativ xodimi bo‘lgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI