MORJAKOVA ZINAIDA SEMENOVNA

        Leytenant Morjakova Zinaida Semenovna, 1922-yil 2-fevralda Saratov viloyatining Kistendeyskiy tumanida tavallud topgan, millati rus, 1935-yilda Toshkent shahridagi o‘rta maktabning 8-sinfini tamomlagan.

          1939-yilning fevral oyidan 1942-yilning may oyigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston SSR IIXK fel’degerlik aloqasi bo‘limida 2-razryadli ekspeditor lavozimida harbiy xizmatni o‘tagan. 1940-yilning may oyidan 1942-yilning avgust oyiga qadar O‘zbekiston SSR IIXKning 1-sonli umumiy qamoqxonasida radio ishlab chiqarish mudiri, 1942-yilda O‘zbekiston SSR IIXK 2-maxsus bo‘limining harbiy senzura bo‘linmasida 2-toifali nazoratchi, 1942-yilning noyabr oyidan 1945-yilning iyul oyiga qadar 1-Belorus fronti tarkibidagi 15-sonli DXXK harbiy senzura bo‘linmasining 1-toifali nazoratchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Stalingrad mudofaasi uchun” “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 30 yil”, “Mehnat faxriysi” medallari bilan taqdirlangan.

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“MEHNAT FAXRIYSI” MEDALI