MONASTIREV NIKOLAY IVANOVICH

       Mayor Monastirev Nikolay Ivanovich, 1902-yil 5-mayda Chita viloyatining Nerchensk tumanida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1914-yilda diniy maktabning 3-sinfini, 1933-yilda Qozon pedagogika instituti qoshidagi ishchilar fakultetining 2-kursini tamomlagan.

         1941-yilning sentabr oyidan 1942-yilning fevral oyigacha bo‘lgan davrda Sibir harbiy okrugining IIXK maxsus bo‘limida (Novosibirsk sh.) katta operativ xodim lavozimida xizmat qiladi. 1943-yilning avgust oyida Kalinin fronti tarkibidagi 145-alohida o‘qchilar brigadasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 1943-yilning avgust oyidan 1945-yilning aprel oyiga qadar 2-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 78-alohida tank brigadasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI