MITROFANOV BORIS MIXAYLOVICH

        Polkovnik Mitrofanov Boris Mixaylovich, 1915-yil 20-sentyabda Toshkent shahrida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1939-yilda Samarqand xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

        1941-yilda Belorussiya SSR DXXK 1-bo‘limi 2-bo‘linmasining operativ xodimi lavozimida xizmatni boshlaydi. 1941-yilning avgust oyida Bryansk fronti tarkibidagi 13-armiyaning IIXK maxsus bo‘limi 5-bo‘linmasi operativ xodimi, 1942-yilning mart oyidan 1943-yilning may oyiga qadar mazkur bo‘limning 4-bo‘linmasi katta operativ xodimi, boshliq o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qiladi. 1943-yilda Markaziy front tarkibidagi 13-armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi 4-bo‘linmasida boshliq o‘rinbosari, 1945-yilning fevral oyiga qadar 1-Ukraina fronti tarkibidagi 13-armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi 3-bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida xizmat o‘tagan. 1945-yilning fevral-may oylarida 1-Ukraina fronti tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi 2-bo‘limi 1-bo‘linmasining boshliq o‘rinbosari bo‘lgan.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI