MISHIN VASILIY STEPANOVICH

        Kapitan Mishin Vasiliy Stepanovich, 1922-yil 6-yanvarda Ryazan viloyatining Semionov tumanidagi Oktyabr qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, 1940-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        1940-yilning oktabr oyidan 1941-yilning avgust oyiga qadar 12-Mogilev-Yampolskiy mustahkamlangan hududdagi polk maktabi kursanti bo‘lgan. 1941-yil fashistlar bilan bo‘lgan birinchi jangdan so‘ng, G‘arbiy frontning 1-gvardiya kavaleriya diviziyasiga telefonist sifatida o‘tkazilgan. 1942-yilning iyun oyida jarohatlanib, Qozon shahriga evakuatsiya qilinadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng 1942-yilning avgust oyida 357-o‘qchilar diviziyasining 811-alohida aloqa bataloniga jo‘natiladi. U yerda oddiy askar, bo‘linma komandiri, vzvod komandiri yordamchisi, vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi”, “III darajali Shon-sharaf” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“III DARAJALI SHON-SHARAF” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI