MIRZAYEV TAXIR ARTIKOVICH   

        Kapitan Mirzayev Taxir Artikovich, 1923-yil 3-aprelda Toshkent shahrida tavallud topgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1951-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini, 1957-yilda DXQ Oliy maktabni tamomlagan.

      1941-yilning noyabr oyida O‘rta Osiyo harbiy okrugiga qarashli Frunze harbiy-piyodalar bilim yurtini tamomlagandan so‘ng Shimoliy-G‘arbiy front tarkibidagi 382-alohida kursantlar gvardiya brigadasiga bo‘linma komandiri etib tayinlanadi. 1942-yilning fevral-aprel oylariga qadar 2028-sonli evakuatsiya gospitalida (Gorkiy sh.) davolanishda bo‘ladi. Salomatligini tiklagandan so‘ng Kimyoviy himoyalash harbiy akademiyasi qoshidagi malaka oshirish kurslarida tahsil oladi. 1942-yilning oktabr oyidan 1943-yilning yanvar oyiga qadar Shimoliy-G‘arbiy front tarkibidagi 20-alohida o‘qchilar brigadasida o‘q otish vzvodi komandiri, 1943-yilning yanvar-mart oylarida qayta yaralanganligi sababli 2720-evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘lgan. 1943-yilning mart oyida G‘arbiy front tarkibidagi 5-mexanizatsiyalashtirilgan korpusi 2-mexanizatsiyalashtirilgan brigadasidagi 2-motoo‘qchilar bataloniga kimyoviy xizmat boshlig‘i etib tayinlanadi. 1944-yilning iyun oyidan 1945-yilning avgust oyiga qadar 1, 2, 3, 4-Ukraina frontlari tarkibidagi 5-mexanizatsiyalashtirilgan korpusi 2-mexanizatsiyalashtirilgan brigadasining 3-motoo‘qchilar batalonida kimyoviy xizmat boshlig‘i lavozimida xizmat qiladi.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI