МИРЗАЕВ КАДИР     

        Podpolkovnik Mirzayev Kadir, 1916-yil 20-aprelda Toshkent shahrida tavallud topgan, ma’lumoti oliy, 1939-yilda Toshkent yuridik institutini, 1952-yilda DXV Oliy maktabini tamomlagan.

        1941-yilning iyul oyidan 1942 yilning may oyiga qadar Janubiy front tarkibidagi 31-o‘qchilar diviziyasining harbiy prokuraturasida harbiy tergovchi stajyor sifatida xizmat qilgan. 1943-yilning oktabr oyiga qadar Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz va Janubiy-g‘arbiy frontlar tarkibidagi 34-alohida o‘qchilar brigadasining 31-o‘qchilar diviziyasi harbiy prokuraturasida harbiy tergovchi, 1943-yilning oktabr oyidan 1945-yilning aprel oyiga qadar Shimoliy Kavkaz va 3-Ukraina frontlariga qarashli 20-gvardiya o‘qchilar diviziyasi harbiy prokuraturasida harbiy tergovchi, 1945-yilda 3-Ukraina fronti tarkibidagi 96-armiyaning 84-o‘qchilar diviziyasida harbiy prokuror lavozimlarida harbiy xizmatni o‘tagan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI