MIRONOV IVAN AGAFONOVICH

   

        Mayor Mironov Ivan Agafonovich, 1912-yil 27-martda Moskva viloyatining Noginsk shahrida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta 1934-yilda Noginsk shahridagi ishchilar fakultetini tamomlagan.

         1941-yilning oktabr oyida Gorkiy shahridagi Harbiy-siyosiy bilim yurtini tamomlagan so‘ng Shimoliy-G‘arbiy front tarkibidagi 74-dengiz o‘qchilari brigadasiga rota siyosiy rahbari etib tayinlanadi. 1942-yil fevral-aprel oylarida evakuatsiya gospitalida (Yaroslavl sh) davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng 194-dengiz piyodalari polkining (Yaroslavl sh.) flot ekipaji rotasida siyosiy rahbari, klub boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi. 1942-yilning sentabr oyidan 1943-yilning iyun oyigacha Shimoliy-Kavkaz fronti tarkibidagi 62-dengiz o‘qchilar brigadasida batareya komissari bo‘lgan. 1944-yilning iyun oyida “SMERSH” kontrrazvedka (Sverdlovsk sh.) kurslarini tamomlagandan so‘ng 2-Belorus fronti tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi operativ xodimi lavozimida faoliyat olib borgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI