MINXANOV XANIF MINXARISOVICH

        Serjant Minxanov Xanif Minxarisovich, 1925-yil 20-yanvarda Tatariston ASSRning Pervomaysk tumanidagi Nijnyaya Kamenka qishlog‘ida tavallud topgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Pervomaysk tumanidagi o‘rta maktabning 8-sinfini tamomlagan.

        1943-yilning mart-oktabr oylarida 2-o‘quv o‘qchilar brigadasi (Kostroma sh.) kursanti bo‘lgan. 1944-yilning fevral oyiga qadar 1-Ukraina fronti tarkibidagi 58-o‘qchilar diviziyasining 58-o‘qchilar polkida o‘qchi, 1944-yilning fevral-aprel oylarida yaralanganligi sababli 74011-sonli evakuatsiya gospitalida (Kiev sh.) davolanishda bo‘lgan. Sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng 3-Belorus fronti tarkibidagi 58-o‘qchilar diviziyasining 67-o‘qchilar polki tarkibiga jo‘natiladi. 1944-yilning dekabr oyidan 1945-yilning aprel oyiga qadar navbatdagi jarohatidan so‘ng 5822-sonli evakuatsiya gospitalida (Gorkiy sh.) davolangan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI