MINKIN BORIS YAKOVLEVICH

        Mayor Minkin Boris Yakovlevich, 1919-yil 15-sentyabrda Ukraina SSRning Dnepropetrovsk viloyatining Katta Pereshepina qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1941-yilda Xarkov tibbiyot institutini tamomlagan.

        1941-yilning dekabr oyidan 1943-yilnizng iyul oyigacha bo‘lgan davrda Sibir harbiy okrugiga qarashli 1-zarbdor armiyadagi 282-o‘qchilar diviziyasining 874-o‘qchilar polkida katta vrach bo‘lib xizmat qiladi. 1944-yilning sentabr oyiga qadar Shimoliy-G‘arbiy va 2-Boltiqbo‘yi frontlari tarkibidagi 1-zarbdor armiyaning
23-gvardiya o‘qchilar diviziyasidagi 25-alohida tibbiy-sanitar batalonida sanitar vzvodi komandiri, 1944-yilning sentabr oyidan 1945-yilning may oyiga qadar
2-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 1-zarbdor armiyaning sanitar-epidemiologiya otryadi vrach-mutaxassisi lavozimida xizmat faoliyatini olib boradi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI