MININ IVAN MITROFANOVICH

      Katta serjant Minin Ivan Mitrofanovich, 1912-yil  28-iyulda Chkalov viloyatining Krasnoxolmsk tumani Gorodishe qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilda Toshkent aloqa texnikumini tamomlagan.

        1940-yilning yanvar oyidan 1941-yilning sentabr oyiga qadar IIXK lagerlar boshqarmasi(Toshkent sh.)ning radisti bo‘lib xizmat qilgan. 1941-1942-yillarda 387-o‘qchilar diviziyasining 545-o‘qchilar polkida radio vzvodi komandiri, 1943-yilga qadar 46-armiyadagi aloqa ustaxonasining radio ustasi lavozimlarida xizmat qilgan. 1943-1944-yillarda 46-armiyadagi 135-alohida armiya zaxira polki vzvodining radio komandiri, 1944-yildan 2 va 3-Ukraina frontlari tarkibidagi 46-armiyadagi 137-armiya Nijne-Dneprovskiy aloqa polkida radiostantsiya boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI