MIKIRTICHEVA ARMENA ARKADYEVNA

 

        Mikirticheva Armena Arkadyevna, 1918-yil 28-sentyabrda Ozarbayjon SSRning Gadrut tumanidagi Edisha qishlog‘ida tavallud topgan, millati arman, ma’lumoti oliy, 1942-yilda Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan.

        1942-yilning yanvar oyidan 1264-sonli evakuatsiya gospitalining (Toshkent sh.) jarrohlik bo‘limida subordinator lavozimida xizmat qilgan. 1942-yilning avgust oyida ta’lim olish uchun Moskva vrachlar malakasini oshirish markaziy institutiga yuboriladi. 1946-yilning mart oyiga qadar Stalingrad va 3-Ukraina frontlari tarkibidagi 3531-sonli evakuatsiya gospitalining jarrohlik bo‘limida vrach-ordinator lavozimida xizmat qiladi.  

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 40 yil” medali bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 40 YIL” MEDALI