MEDNIKOV ZINOVIY MOISEYEVICH

     

        Kapitan Mednikov Zinoviy Moiseyevich, 1913-yil 2-noyabrda Ukraina SSR Dnepropetrovsk viloyatining Pavlograd tumanida tavallud topgan, millati yahudiy, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1930-yilda Pavlograd shahridagi o‘rta maktabni, 1939-yilda Moskva shahridagi ko‘nchilik texnikumini tamomlagan.

        1939-yilning oktabr oyida IIXKning Moskva o‘lkalararo maktabini tamomlagandan so‘ng Belorussiya SSR IIXKning Vitebsk viloyati boshqarmasiga operativ xodim yordamchisi etib tayinlanadi. 1941-yilda DXXQ Vitebsk viloyat boshqarmasi Ushach o‘lkalararo bo‘linmasining operativ xodim yordamchisi bo‘lgan. 1941-yil sentabr oyida Moskva harbiy okrugi Ryazan garnizoni IIXK maxsus bo‘limning operativ xodimi bo‘lgan.

         1942-yilning avgust oyidan 1943-yilning iyun oyiga qadar Bryansk va Voronej frontlari tarkibidagi 38-armiya IIXK maxsus bo‘limi 6-bo‘linmasi katta operativ xodimi, 1943-yilning iyun oyida 1va 2-Ukraina frontlari tarkibidagi
40-armiyaning 240-o‘qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi katta operativ xodimi lavozimlarida harbiy xizmatni o‘tagan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI