MAYKOV IVAN ALEKSEYEVICH

        Praporshik Maykov Ivan Alekseyevich, 1923-yil 17-aprelda Arxangelsk viloyatida tug‘ilgan.

        1942-yil martda 12-zaxira artilleriya polki o‘quv divizioni kursanti, undan so‘ng, Leningrad fronti 42-armiya 13-o‘qchilar diviziyasi 48-artilleriya polki telefonisti. Yaralanganligi sababli 1942-yil oktabrdan dekabrgacha 919-sonli gospitalda davolanishda bo‘lgan, sog‘lig‘ini tiklaganidan so‘ng
109-o‘qchilar diviziyasi 44-alohida kimyoviy ishlar bo‘yicha avtomobillarni gazdan zararlashtirish rotasi komandiri etib tayinlandi. 1944-yil iyunda Leningrad fronti kichik leytenantlar kursi kursanti, 1945-yil apreldan mayigacha Boltiqbo‘yi 1-zarbdor armiya 344-o‘qchilar dviziyasi 1154-o‘qchilar polki o‘qchilar vzvodi komandiri, jangda takror yaralangani sababli 4173-sonli evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmati uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI