MAXKAMOV GULYAM

         Polkovnik Maxkamov Gulyam, 1926-yil 5-aprelda Farg‘ona viloyatining Kirov tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 9-sonli o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan, 1953-yilda marksizm va leninzm kechki maktabini, 1957-yilda Vazirlar Kengashi huzuridagi DXQ Oliy maktabini tamomlagan.

        Xizmatni 1944-yil noyabrda 211-zaxira o‘qchilar polki (Samarqand sh.) o‘qchisi sifatida boshlagan. 1945-yil martda 653-marsh polkining 673-o‘qchilar polkida (Breslau, Polsha sh.) o‘qchi, 1945-yil dekabrga qadar 78-gvardiya o‘qchilar polki (Nadkanija, Vengriya sh.) va 234-zaxira o‘qchilar polkida (Avstriya) o‘qchi bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 va 60 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI