MASTYUGIN ALEKSANDR VASILEVICH
Mayor Mastyugin Aleksandr Vasilevich, 1918-yil 12-iyunda Chkalov viloyatining Sorochin tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1934-yilda Kemerovo viloyatidagi o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan. 1938-yilda Tog‘li-Shorskiy pedagogika bilim yurtini, 1954-yilda DXQ Oliy maktabini tamomlagan.
1940-yil avgustda IIXKning Novosibirsk o‘lkalararo maktabini tugatganidan so‘ng Moldaviya SSRning Sorokov volostnoy bo‘linmasi operativ xodimi etib tayinlanadi. 1941-yil noyabrdan 1942-yil iyulga qadar Boshqirdiston ASSRning IIXK operativ-chekistlar bo‘linmasi operativ xodimi, 1943-yil avgustga qadar G‘arbiy, 1 va 2-Ukraina frontlari tarkibidagi 42-o‘qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi, 1943-yil avgustdan 1945-yil mayga qadar 2-Ukraina fronti tarkibidagi 40-armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi 2-bo‘linmasi operativ xodimi lavozimlarida xizmat qilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil bayroq”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.